Riyod–2025: O‘zbekiston qilichbozi - Guliston Perdibayeva kumush medalni qo‘lga kiritdi!

Riyod–2025: O‘zbekiston qilichbozi - Guliston Perdibayeva kumush medalni qo‘lga kiritdi!

Riyod–2025 musobaqalarida O‘zbekiston qilichbozlik milliy terma jamoasi ishtirokchilari o‘z mahoratini yana bir bor namoyish etmoqda. Bugun ayollar o‘rtasidagi sablya yo‘nalishida bo‘lib o‘tgan final bahsi yakun topdi.

Hal qiluvchi jangda terma jamoamiz vakili Guliston Perdibayeva turkiyalik raqibiga qarshi munosib kurash olib bordi. 8:15 hisobida yakunlangan uchrashuvda Perdibayeva ikkinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston delegatsiyasi jamg‘armasiga kumush medalni taqdim etdi.
Uning natijasi — terma jamoamizning izchil mehnati va professional tayyorgarligidan dalolat beradi.

Ertaga qilichbozlik yo‘lakchasiga chiqadigan hamda boshqa sport turlarida qaynashayotgan O’zbekistonlik barcha sportchilarimizga omad, bardamlik va g‘alaba tilaymiz! 
O‘zbekiston bayrog‘i xalqaro maydonlarda yana baland hilpirashda davom etsin.