Riyod–2025: Qilichbozimiz O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi
Riyod–2025: Qilichbozimiz O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi
Riyod shahrida o‘tayotgan nufuzli musobaqalarda mamlakatimiz sportchilari yana bir muhim natijaga erishdi.
Qilichbozlikning shpaga yo‘nalishida erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslari O‘zbekiston vakillari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Final bosqichida Meyirxan Timurov va Javohir Nurmatov o‘zaro bellashib, yuqori texnika va professional mahorat namoyish etdi. Hal qiluvchi uchrashuvda ustunlikni qo‘lga kiritgan Meyirxan Timurov delegatsiyamiz jamg‘armasiga
20-oltin medalni taqdim etdi.
???????? Bu g‘alaba O‘zbekiston sportining xalqaro maydondagi izchil taraqqiyoti va sportchilarimizning yuksak tayyorgarligidan dalolat beradi. Muvaffaqiyatli ishtirok etgan barcha sportchilarimizni tabriklaymiz ва ularga kelgusi musobaqalarda yangi yutuqlar tilaymiz.
.jpg)



