Toshkentdagi Sablya yo‘nalishi bo‘yicha Yoshlar o‘rtasidagi Jahon Kubogi Yakkalik bahsi natijalari

Toshkentdagi Sablya yo‘nalishi bo‘yicha Yoshlar o‘rtasidagi Jahon Kubogi Yakkalik bahsi natijalari

 

Toshkentda o‘tayotgan Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Yoshlar o‘rtasidagi Jahon Kubogi musobaqasi yigitlar yakkalik bahslari yuqori darajadagi raqobat, sport texnikasi va mahorat bilan ajralib turdi.

 

Musobaqa natijalari quyidagicha:

 1-o‘rin — YAMAN Furkan (TUR)

Turkiya vakili final jangida ustunlikni qo‘lga kiritib, jahon Kubogi va oltin medal bilan taqdirlandi.

 2-o‘rin — IARULLIN Kiram (AIN)

— FIE (Xalqaro Qilichbozlik Federatsiyasi) bayrog‘i ostida ishtirok etgan neytral sportchi

 3-o‘rin (teng) — STRZADALA Emilian (POL) - Polsha

 3-o‘rin (teng) — NOVIKOV Ivan (AIN) — FIE bayrog‘i ostida neytral maqomdagi sportchi.

 

Afsuski, bugungi yakkalik bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari kutilgan natijalarni qayd eta olmadilar. 

Shunga qaramay, sportchilarimiz uchun bu musobaqa qimmatli tajriba bo‘ldi va ular ertangi jamoaviy bellashuvlar oldidan o‘z kuchlarini safarbar etmoqda.