O‘zbekiston shpagachilari xalqaro maydonga yo‘l oldi!
O‘zbekiston shpagachilari xalqaro maydonga yo‘l oldi!
Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasi, Ufa shahrida bo‘lib o‘tadigan qilichbozlik bo‘yicha Xalqaro shpaga turnirida yurtimiz nomidan munosib ishtirok etish uchun terma jamoamiz vakillari yo‘lga chiqdi.
Musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan iqtidorli sportchilarimiz —
Tashmuxammedova Asal hamda
Ermamatov Abror.
Ular qilichbozlikning shpaga yo‘nalishida o‘z mahoratini namoyon etishadi.
Sportchilarimizga tajribali va fidoyi murabbiy —
Djeenbaev Saidbek rahbarlik qilmoqda. Bugun ushbu terma jamoamiz vakillari Ufa shahriga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston bayrog‘i xalqaro arenada yana baland hilpirashi uchun sportchilarimizga kuch-qudrat, omad va ilhom tilaymiz!

