Bugun Toshkent shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon Kubogi musobaqasi start oldi!

Bugun Toshkent shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon Kubogi musobaqasi start oldi! 

 

Musobaqaning ilk kunida 100 nafardan ortiq o‘smir (qizlar va o‘g‘il bolalar) o‘rtasida yakkalik bahslari bo‘lib o‘tdi.

Dunyodagi 17 ta davlatdan tashrif buyurgan yosh va iqtidorli qilichbozlar g‘oliblik va Jahon Kubogini qo‘lga kiritish uchun murosasiz bellashishdi.

 

Afsuski, Milliy terma jamoamiz vakillari chorak final bosqichigacha yetib bordilar.

Ammo bu – tajriba, iroda va kelajakdagi yutuqlarga zamin yaratadigan qadamdir!

 

???? G‘alaba va omad Qozog’ston hamda Vengriya terma jamoalari vakillariga nasib etdi.

Quyida musobaqaning yakuniy natijalari bilan tanishing:

 

O‘g‘il bolalar (53):

 1. KAIYM Aibar —  Qozog‘iston

 2. FODOR Bendeguz Kende —  Vengriya

 3. BIRIUKOV Matvei —  AIN (FIE — Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi bayrog‘i ostida)

 4. IUZHAKOV Gleb —  AIN

Qiz bolalar (48):

1. RACZ Brigitta —  Vengriya

2. IANKINA Stanislava —  AIN

3. ISAKOVA Anastasiia —  AIN

3. LI Iulia —  AIN