Poytaxtimiz Toshkentda qilichbozlik bo’yicha jahon Kubogi start oldi!

Poytaxtimiz Toshkentda qilichbozlik bo’yicha jahon Kubogi start oldi!

 

Bugun Toshkent shahrida kadetlar (qizlar va o‘g‘il bolalar) o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha Jahon Kubogi musobaqasi start oldi!

Musobalqalarda jami 17ta davlatdan kuchli sportchilar qatnashmoqda. 

 

Barcha atletlar va albatta o‘z sportchilarimizga g’oliblik, omad, ishonch va yorqin g‘alabalar tilaymiz! 

Har bir zarbada jasorat, har bir g‘alabada Vatan sharafi jo bo‘lsin! 

 

 Mazkur musobaqa kunlarida O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi tomonidan qilichbozlik sporti muxlislari uchun “Ochiq eshiklar kunlari” ham tashkil etilgan.

Barchani qilichbozlik sporti ruhi, mahorat va g‘alaba tuyg‘usiga to‘la qiziqarli tadbirlar hamda JK musobaqasiga taklif etamiz!