Qilichbozlikda yangi bosqich — hamkorlik sari qadam!

Qilichbozlikda yangi bosqich — hamkorlik sari qadam!

2025-yil 2-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida qilichbozlik sporti taraqqiyoti yo‘lida muhim va ahamiyatli bo’lgan yangi hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Ushbu kelishuv Qoraqalpog‘iston Respublikasi shpaga yo‘nalishi bosh murabbiyi Jaksimuratov Bekmurat va Toshkent viloyati bosh murabbiyi Djeenbaev Saidbek o‘rtasida imzolandi.

Memorandumning asosiy maqsadi — o‘zaro tajriba almashinuvi, sportchilar va murabbiylar uchun qo‘shma o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini tashkil etish, yangi metodikalarni joriy etish hamda respublika miqyosida musobaqalar darajasini oshirishdir.
Bu hamkorlik:
 •sportchilarning mahoratini oshirish,
 •murabbiylar o‘rtasida bilim va tajriba almashish,
 •va eng muhimi, O‘zbekiston qilichbozligi maktabini yangi bosqichga olib chiqish uchun mustahkam poydevor bo‘ladi.

Ishonchimizki, bu tashabbus yaqin yillarda o‘z samaralarini beradi va yosh qilichbozlarimiz xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini yanada yuksaltiradi!