O‘zbekiston Kubogi 17 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Shpaga bo‘yicha yakkalik bahslar yakunlandi
O‘zbekiston Kubogi
17 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Shpaga bo‘yicha yakkalik bahslar yakunlandi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston Kubogi doirasidagi musobaqalarda mamlakatimizning turli hududlaridan 100 nafardan ortiq yosh sportchi ishtirok etdi. Shpagachi bo‘yicha o‘tgan bahslar yuqori saviyada, teng kuchlar kurashiga boy tarzda o‘tdi.
Qizlar (51 nafar ishtirokchi)
1. Nazarova Sanam — Toshkent
2. Ibodulloyeva — Buxoro OPSTTM
3. Toshmixamedova Asal — Chirchiq OPSTTM
4. Jannazarova Shaxzoda
O‘g‘il bolalar (67 nafar ishtirokchi)
1. Suyunov Sardor — Guliston OPSTTM
2. Alimov Saidbilol —Milliy klub
3. Abdullayev G‘aybullo — Guliston OPSTTM
4. Ermaatov Abrorbek — Chirchiq OPSTTM
Musobaqa yosh sportchilar uchun nafaqat g‘alaba sinovi, balki mahorat, iroda va halollik maktabi bo‘ldi.
Ular o‘zining g‘ayrati, intizomi va sportga bo‘lgan sadoqati bilan tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lishdi.
Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz!


