17 yoshgacha bo‘lgan qilichbozlar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi boshlandi!

17 yoshgacha bo‘lgan qilichbozlar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi boshlandi!

Bugun Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi musobaqalari boshlandi.

Musobaqaning ilk kunida sablya yo‘nalishi bo‘yicha bahslar o‘tkazildi. Unda respublikamizning turli hududlaridan kelgan 70 nafarga yaqin yosh qilichbozlar (37 nafar o‘g‘il bolalar va 32 nafar qizlar) o‘zaro kuch sinashdi. 

O‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar:
 1. Idoyatov Adiz- Toshkent
 2. Jalgasbaev Alisher — Nukus
 3. Alimov Saidibrohim — Toshkent
 3. Joldasbaev Nurlan — Nukus

Qizlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar:
 1. Utebaeva Nargiza — Nukus
 2. Ruzieva Salima — 
 3. Sherniyazova Feruza
 3. Xusanboyeva Bibiaisha — Toshkent

Yosh qilichbozlarimizni ushbu yorqin natijalar bilan chin dildan tabriklaymiz!
Eslatib o’tamiz, ertaga sablyachilar jamoaviy bahsi bo’lib o’tadi
Musobaqaning navbatdagi kunlarida rapira va shpaga yo‘nalishlaridagi bellashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.