Sablyachilar bellashuvida g‘oliblar aniqlandi!

Sablyachilar bellashuvida g‘oliblar aniqlandi!

Toshkent shahrida o‘tkazilgan kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi doirasida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik bahslari yakunlandi.

Musobaqalarda yurtimizning turli hududlaridan kelgan eng iqtidorli sportchilar ishtirok etib, yuqori texnika va g‘alabaga bo‘lgan ishonchni namoyon etdilar.
Yakuniy natijalar;
Qizlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar:
 1. Jumamuratova Ayakoz — Qoraqalpog‘iston
 2. G‘anieva Sevara — Jizzax 
 3. Qurbonova Karina va Xusanboyeva Bibiaisha — Toshkent

O‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar:
 1. Alimov Saidibrohim — Toshkent
 2. Tadjiddinov Begzod — Jizzax
 3. Karimboev Azizbek - Toshkent hamda Dauletnazarov Azizbek — Nukus

Barcha g‘olib va sovrindor sportchilarimizni, shuningdek ularning murabbiylarini yutuqlar bilan tabriklaymiz!
Bu natijalar — mehnatsevarlik, sportga fidoyilikning  yorqin ifodasidir.