Yangiobodda qilichbozlarimiz mahorati charxlanmoqda!
Yangiobodda qilichbozlarimiz mahorati charxlanmoqda!
Ayni kunlarda O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va barcha sport mutasaddilari ko‘magida yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari uchun Toshkent viloyatining Yangiobod sport bazasida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari qizg’in davom etmoqda.
Ushbu yig‘inlarda milliy terma jamoamizning asosan shpaga va sablya yo‘nalishlarida faoliyat olib boruvchi istiqbolli sportchilari ishtirok etmoqda.
Bu yerda nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki iroda, kuchli xarakter va yurt sha’nini munosib himoya qilishga bo‘lgan sadoqat ham shakllanmoqda. ????
Mashg‘ulotlar maqsadi:
• Texnika va taktikani chuqur o‘zlashtirish,
• Jamoaviy ruhni kuchaytirish,
• Yirik xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishdan iborat.
Yaqin kunlarda yig‘in jarayoniga rapira yo’nalishidagi qilichbozlarimiz ham qo’shilishadi.
Biz esa eksklyuziv suratlar, intervyular va lavhalar bilan bo‘lishamiz. Kanalimizni kuzatishda davom eting!