U-13 O‘zK – Rapira yo‘nalishidagi ilk g‘oliblar aniqlandi!
U-13 O‘zK – Rapira yo‘nalishidagi ilk g‘oliblar aniqlandi!
Toshkent shahrida bugun kichik o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlikning eng nafis yo‘nalishlaridan biri – rapira bo‘yicha yakkalik bahslari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bahslar 13 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilib, yosh qilichbozlar o‘z mahorati bilan jiddiy sinovidan o‘tishdi.
???????? Bellashuvda O‘zbekistonning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston va Toshkent shahridan kelgan iqtidorli sportchilar ishtirok etdi. Yosh sportchilarning kuchli irodasi, sport texnikasi va madaniyati aynan bellashuvlarda shakllanadi
Rapirada yakkalik bahsi g‘oliblari:
Tashimova Rayana -National Club
Kuzikova Ulyana- National Club
Malenkina Taya -Toshkent
Ruziyeva Samiya -National Club
O‘g‘il bolalar o‘rtasida yakkalik bahsi g‘oliblari:
Mustafaev Selimxon - Farg’ona
Shukurjonov Muhammadamin - National Club
Shayxov Islom- Toshkent
Mamadaliyev Rasuljon - Andijon
Bu kichik g‘oliblar ertangi yutuqlar uchun mustahkam poydevor qo‘yishmoqda!
Tabriklaymiz!