U-13 O‘zbekiston Kubogi –Qilichbozlik musobaqasi start oldi

U-13 O‘zbekiston Kubogi –Qilichbozlik musobaqasi start oldi

 Bugun Toshkent shahrida qilichbozlik sporti bo‘yicha navbatdagi yirik sport tadbiri–U-13 O‘zbekiston Kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
???????? Respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri yosh sportchilari ushbu musobaqada ishtirok etib, o‘z mahoratini namoyon etish imkoniga ega.
Musobaqa rapira yo‘nalishi bo’yicha yakklik bahsi bilan boshlandi. Unda:
 42 nafar qiz bolalar,
 39 nafar o‘g‘il bolalar
g‘alaba uchun kurash olib bormoqda.

 Ahamiyatlisi, ushbu bahslar 2024–2025 yilgi qilichbozlik sport mavsumi yakuniy musobaqasi bo‘lib, unda yil davomida orttirilgan tajriba va tayyorgarlikning natijalari sinovdan o‘tkaziladi.

Yosh qilichbozlar musobaqada nafaqat g‘alaba uchun, balki sportga sadoqat, matonat va do‘stlik kabi yuksak fazilatlar uchun ham maydonga tushishdi.

Musobaqa g‘oliblari, hayajonli lahzalar va yakuniy natijalar tez orada sahifamizda e’lon qilinadi!

Barcha jajji qilichbozlarga g’alaba yor bo’lsin!