Konferensiyada, mazkur muhim vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida O’zbekiston qilichbozlik Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi Konferensiya ishtirokchilari e'tiboriga taqdim etildi.

Bugun Toshkentda O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi tomonidan Federatsiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari ishtirokida navbatdagi Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur Konferensiyada O‘zR sport vazirligi va Milliy Olimpiya Qo‘mitasi mas'ul xodimlari, Sport YKROSM maktabi va O‘QF rahbariyati, Qilichbozlik Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi a'zolari ishtirok etdi.

Konferensiya avvalida O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Maqsud Abdusamadov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Olimpiya va Paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha 13-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektorda berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan asosiy vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

 


“YO‘L XARITASI”da belgilangan ishlar yuzasidan Qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova va Federatsiya rais o‘rinbosari Xayot Zakirov taqdimot o’tkazdi.

Shundan so‘ng muhokamalar jarayonlarida so‘zga chiqqanlar joylarda qilichbozlik sportini yanada ommalashtirish, sohadagi mavjud sharoit va imkoniyatlar, yutuq va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari haqida o’z fikr- mulohazalari bilan bo’lishdi.

Konferensiya davomida ishtirokchilar tomonidan aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.