Shpagachilar Iskander Turishev va Sanam Nazarova U-20 O’zCh g’olibi
Shpagachilar Iskander Turishev va Sanam Nazarova U-20 O’zCh g’olibi
Joriy yil 10 mart kuni 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha Respublika chempionatiga start berildi.
Mazkur musobaqaning ilk kunida Qoraqalpog’iston, viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 90 nafarga yaqin sportchilar (shundan 41 nafari qiz bolalar) qilichbozlikning shpaga yo‘nalishidagi yakkalik baxsida ishtirok etdi.
Chempionlik uchun kechgan kurashda Iskander Turishev va Sanam Nazarova U-20 O’zCh oltin medaliga sazovor bo’ldi.
Yakuniy natijalar. O’g’il bolalar;
1. Turishev Iskander - Respublika OPSTTM
2. Ibodullayev Asilbek - Buxoro OPSTTM
3. Abdullayev Gaybullo - Guliston OPSTTM
3. Fayziyev Axmadjon - Buxoro
Qizlar;
1. Nazarova Sanama - Toshkent
2. Xamidova Aziza - Buxoro
3. Saparova Biybimaryam - Qoraqalpog’iston
3. Maxkamjonova Jasmina - Andijon OPSTTM.
Barcha g’olib va sovrindorlar va murabbiylarnitabriklaymiz!