O’zbek qilichboz qizlari Jahon Kubogi bosqichida g’olib bo’ldi

 

 

 

 

 

O’zbek qilichboz qizlari Jahon Kubogi bosqichida g’olib bo’ldi


Qozog’istonning Alma-Ata shahrida 2025 yil 13-17 fevral kunlari Jahon kubogi bosqichi bo’lib o’tmoqda. 
Bugun mazkur musobaqada sablyachi qizlar o’rtasida o’tkazilgan yakkalik baxsida O’zbekiston milliy terma jamoa a’zolari g’alaba shohsuppasining barcha pog’onalarini zabt etishdi. 

Keskin va murosasiz kechgan bellashuvlarning final bosqichida ikki hamyurtimiz Perdibayeva Gulistan va Jumamurotova Ayakoz g’oliblik uchun kurash olib bordi. Bellashuv yakunida Gulistan xal qiluvchi ballni qo’lga kiritib g’olib bo’ldi. Hisob 15:14. 

Yakuniy natijalar: 
1  PERDIBAEVA Gulistan-UZB ????
2  JUMAMURATOVA Ayakoz - UZB????
3T  SERIKBAY Adema -KAZ????
3T  SHOKIROVA Samira UZB????