U-17 O‘zbekiston chempionatida rapira bo`yicha g`oliblari aniqlandi

U-17 O‘zbekiston chempionatida rapira bo`yicha g`oliblari aniqlandi
Bugun Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar (U-17 o‘g‘il bolalar va qiz bolalar) o‘rtasida qilichbozliknking rapira yo`nalishida yakkalik bahsi bo`lib o`tdi.
Musobaqada Andijon, Namangan, Toshkent, Farg`ona viloyatlari hamda Toshkent shahridan jami 100 nafardan ziyod yosh rapirachi-qilichbozlar respublika birinchiligi uchun kurash olib borishdi. 

Qizg`in va murosasiz kechgan bahs yakunida qizlar o`rtasida toshkentlik Malika Tashpulatova hamda o`g`il bolalar o`rtasida andijonlik Muxammaddiyor Madaminov kuchli sportchi ekanligini namoyon etib, oltin medalga sazovor bo`lishdi.

U-17 O‘zCh, rapira, yakkalik bahsi, qizlar (53 nafar):
1. Tashpulatova Malika - Toshkent????
2. Karimova Asal - Toshkent????
3. Hormamatova shabnam - Toshkent????
3. Miratxamova Shodiyaxon – Milliy klub????.


U-17 O‘zCh, rapira, yakkalik bahsi, o`g`il bolalar (51 nafar):
1. Madaminov Muxammaddiyor -Andijon????
2. Komiljonov Sheramon – Farg`ona OPSTTM????
3. Vorojeykin Radmir - Andijon????
3. Atabekov Amirbek – Toshkent????.
Barcha g`olib va sovrindor sportchilar va murabbilarni tabriklaymiz!

Eslatib o`tamiz, ertaga - 4 fevral kuni mazkur U-17 O‘zbekiston chempionati doirasida qilichbozliknking rapira yo`nalishi bo`yicha jamoaviy musobaqa bo`lib o`tadi.