Qilichbozlik bo‘yicha terma jamoamiz vakillari tibbiy tekshiruvdan o‘tishdi

 
 
Qilichbozlik bo‘yicha terma jamoamiz vakillari tibbiy tekshiruvdan o‘tishdi

Belgilangan grafik asosida terma jamoalarimizni koronavirusga qarshi emlash oldidan dispanserizatsiyadan o‘tkazish tekshiruvlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edik. Bugun ana shunday tekshiruvlar qilichbozlik va suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bilan tashkil qilindi.

Taʼkidlash joiz, mazkur tekshiruvdan so‘ng qilichbozlarimiz Dukentdagi yig‘inga jo‘nab ketishdi. 36 sportchidan iborat jamoamiz 10 kun davomida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borishadi.

MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi vakillari, shu jumladan, suzuvchilarimizni ham tekshiruvdan o‘tkazishdi. Doimgidek tibbiyot xodimlari tashrif davomida sportchilardan PZR uchun surtma, chuqurlashtirilgan tekshiruvlar uchun qon tahlillarini olish bilan birga, umumiy holatini ham ko‘zdan kechirib qaytishdi.