Suhbat. Zaynab Dayibekova: "Prezidentimizning biz yoshlarga qaratayotgan e’tibori va ishonchini oqlash men uchun katta sharaf"

Suhbat. Zaynab Dayibekova: "Prezidentimizning biz yoshlarga qaratayotgan e’tibori va ishonchini oqlash men uchun katta sharaf"

Joriy yil 25 dekabr kuni "O`zbekiston yoshlar forumi 2020" marosimida muhtaram Prezidentimizning O`zbekiston yoshlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bugungi suhbatimizda ushbu nufuzli forumda ishtirok etgan qilichbozlik bo'yicha O`zbekiston Milliy terma jamoa a'zosi, xalqaro darajadagi sport ustasi, mamlakatimiz chempioni, ko'plab xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindori, jahon Kubogi g'olibasi Zaynab Dayibekova o'z taasurotlarini bayon etdi.

­- Zaynab suhbatimiz avvalida "O`zbekiston yoshlar forumi 2020" marosimida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O`zbekiston yoshlari bilan uchrashuvi haqida gapirib bersangiz.

- Men uchun ko'plab yoshlar qatorida Prezidentimiz bilan uchrashish ulkan baxt. "O`zbekiston yoshlar forumi 2020" marosimida muhtaram Yurtboshimiz mamlakatimiz yoshlari bilan uchrashuvi chog'ida kelajakdagi buyuk ishlarni birga maslaxatlashib amalga oshirish borasida "nimalar qilish kerak?, qanday qilsak to'g'ri bo'ladi?, nimalar qilsak kelajagimiz - yoshlar uchun, ya’ni bizdan keyingi yosh avlodga o'rnak bo'lishimiz mumkinligi" haqida fikrlashdi. Bu uchrashuv meni yanada yangi marralarga ruhlantirdi...

- Mazkur uchrashuvdan o'zingiz uchun qanday maqsad va rejalarni belgilab oldingiz?

- Prezidentimizning yoshlarga gamxo'rlik bilan alohida e’tibor qaratayotgani bizni kelajakdagi orzu-maqsadlarimizga yetishishimizda judayam katta yordam bermoqda. Yurtboshimizning ayniqsa, biz sportchi-yoshlarga bildirgan ishonchlarini oqlashga harakat qilib, Xudo xoxlasa Olimpiyadalarda, Jahon va Osiyo chempionatlarida, yurtimiz bayrog’ini yuksaklarga ko'tarish, Vatanimiz madhiyasini butun jahonga eshittirishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim.

- 2019-2020 yil sport mavsumi qanday kechdi?

­- Men uchun 2019-yil judayam kotta yutuqlarga boy yil bo’ldi. Ularni aytadigan bo’lsam: 2019-yili noyabr oyida Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Jahon kubogida birinchi o’rinni oldim va dekabr oyida "Yil yakuni sport mukofoti - 2019" tadbirida “Eng yosh va istiqbolli sportchi namenatsiyasi” bilan taqdirlandim. 2019-yil men uchun esda qolarli yil bo’ldim. Albatta bu yutuqlarim zamirida ustoz-trenerlarimning hissalari katta.

2020-yil fevral oyida Aljirda jahon Kubogi bo’lib o’tdi. Unda jamoaviy bahslarda ikkinchi o'rinni olishga muavffaq bo’ldik. Bu ham biza uchun judayam kotta yutuq. Afsuski, 2020-yilda koronavirus pandemiyasi sababli karantin bo'ldi. Faqatgina uyda mashqlarni olib borishga to'g'ri keldi.

Shukurki, 2020-yil oktabr oyidan boshlab terma jamoamizning odatiy o'quv mashg'ulot yig'inlari hamda ketma-ket Respublika musobaqalari boshlandi. Ushbu O’zbekiston  chempionati va turnirlari musobaqalarida birinchi o’rinni olishga muavffaq bo’ldim. Albatta, karantindan keyin musobaqalarga chiqmasdan, o’z jamoadoshlarim bilan trenirovka qilmasdan turib mazkur musobaqalarda bellashuvga tushish judayam qiyin bo’ldi.

Hudo xoxlasa Olimpiadaga litsenziya olishimga uchun oldinda o'tkazilinadigan Osiyo va Jahon chempionatlari bor, ulaga hozirgi kunda trenerlarim bilan birgalikda tayyorgarlik ko'rmoqdaman. Maqsadlarim juda-juda ko'p. Albatta, kelgusida oldindagi xalqaro musobaqalarda bor kuchim bilan harakat qilaman. Oliy maqsadim esa -“2021 yili Tokio Olimpiadasiga litsenziya olib, Olimpiadaga borish va Vatanimiz bayrog’ini yuksaklarga ko’tarish”.

- Yangi yil tilaklaringiz.

- Avvalo, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin. Butun O’zbekiston ahli hamda yoshlarini kirib kelayotgan yangi - 2021 yil bilab tabriklayman. Sixat-salomatlik, omad, baxt va quvonch xech qachon tark etmasin.

2021-yili O’zbekistonimiz sportchilariga eng omadli yil bo’lshini chin dildan tilab qolaman!

Raxmat Zaynab. Biz ham sizga barcha maqsad va orzularingiz amalga oshishi uchun tilakdoshmiz.

Muborak Yakubova suhbatlashdi