Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6084-son farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi sport taʼlim muassasalarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida ham mazkur farmon ijrosi yuzasidan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslar tashkil etildi.
Ushbu oʻquv kurslar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻqituvchisi, oʻzbek va rus tillari kafedrasi mudiri Abdurahmonova Mehribon Doʻstmurodovna boshchiligida olib borildi.
Mazkur kursda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi maʼmuriyati, trener-oʻqituvchilari va xodimlari qatnashishdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati minsport.uz