Andijondagi sport taʼlim muassasalarida davlat tili borasidagi kamchiliklar bartaraf etilmoqda
Jumladan, Jismoniy tarbiya va sport vazirining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchi Zokir Pardayevich Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi sport taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari hamda vazirlikning tegishli hujjatlari ijrosi yuzasidan ish yuritishni davlat tilida tashkil etilishini toʻliq taʼminlash, tashkilot va muassasalarga tegishli hududdagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, eʼlonlar, reklama materiallarining davlat tili va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishi, kelgusida geografik va boshqa toponimik obyektlar, madaniy meros hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi barcha obyektlar qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishi yuzasidan aniq tavsiyalar berdi.
Viloyatni oʻrganish chogʻida sport taʼlim muassasalarida osilgan bannerlardagi yozuvlarda kamchiliklar ham topildi.
Mazkur qayd etilgan barcha kamchiliklar har bir sohada bor desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bularni oldini olish boʻyicha keng qamrovli oʻrganishlar olib borilmoqda va tez orada oʻzbek tiliga boʻlgan eʼtibor yana-da yaxshilanadi degan umiddamiz.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati