Toshkent viloyati boʻylab ommaviy sport tadbirlari qayta yoʻlga qoʻyilmoqda

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat boʻylab aholi oʻrtasida ommaviy sport tadbirlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.
Mamlakatimiz boʻylab karantin qoidalari yumshatilishi munosabati bilan sport tadbirlarini oʻtkazishga bosqichma-bosqich ruxsat berila boshlandi.
Jumladan, Yuqori Chirchiq tumanida jismoniy tarbiya va sport sohasida ishlab kelayotgan xodimlar va mahalliy aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishni tizimli yoʻlga qoʻyish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini yana-da kuchaytirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash hamda har bir mahalla, taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va boshqalarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatini samarali tashkil etish tizimini shakllantirish maqsadida ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari tashkil etildi.
100 nafarga yaqin aholi ishtirokida tashkil etilgan ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari soat 6:00 dan 6:30 ga qadar boʻlib oʻtdi.
Bu kabi aholini sportga jalb qilish borasidagi islohotlar Toshkent viloyatining har bir tumanida keng miqyosda tashkil etilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati