O'zbekistonda qilichbozlik sporti
Qilichbozlikning eng yangi tarixi
O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi mamlakatimiz tarixida ro'y bergan shonli hodisa, eng ulug' bayram Vatanimiz mustaqilligini 29-yilligini nishonlash arafasida, saytimiz sahifalari orqali O'zbekistonda qilichbozlik sportini rivojlanish bosqichlari va usbu sport turining jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini tarkib toptitrish, jismonan etuk, jahon sport arenalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir bo'lgan qilichboz sportchi va sport faxriylari hayoti aks ettirilgan turkum ilmiy-ommabop hamda publististik materiallarni sizga taqdim etadi.
E`tiboringizga havola etilayotgan galdagi muhim ma`lumotlar jamlanmasi qilichbozlik sport turining yangi tarixi va yurtimiz dovrug'ini dunyoga yoygan qator mashxur qilichboz-sportchilarimizning yuksak sport natijalari xaqidagi bilimlaringizni boyitadi degan umiddamiz.
Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq O'zbekiston sport sohasida Osiyodagi yetakchi mamlakatlardan biri ekanligini isbotladi. O'zbekiston hukumati va Prezident tomonidan sportga katta ahamiyat berildi. Bu narsa qonun yo'li bilan ham ta`kidlanib, birinchilardan bo'lib 1992-yildanoq "Jismoniy tarbiya va sport haqida"gi Qonun va 2000-yilda uning yangi tahriri qabul qilindi.
Turli nufuzli musobaqalardagi bizning sportchilarimizning muvaffaqiyatlari, O'zbekiston olimlar, siyosatchilar, yozuvchi va shoirlarigina Vatani bo'lib qolmay, balki jahonga taniqli polvonlar yurti ekanligini va uning imkoniyatlarini ham ko'rsatib berdi.
Ularning yutuqlari davlatimizning milliy iftihori bo'lib, u jahonga yangi mamlakatning kirib kelganidan darak berdi.
O'zbekiston MOQsi Osiyo Olimpiya kengashi bilan mustahkam aloqa o'rnatgan. Bu esa bizning mamlakat sportchilari va sport tashkilotlariga juda katta imkoniyat yeratib, ularning Osiyo birinchiligida, qishki va yozgi Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatli qatnashuviga imkon berdi.
1997-yil may oyida Osiyo Olimpiya qo'mitasi Prezidenti Shayx Axmad al Sabox Toshkentga tashrif buyurdi. O'zbekistonda sog'lom avlodni tarbiyalash va Osiyo Olimpiya harakatini rivojlanishiga qo'shgan katta xizmatlarini hisobga olib, u O'zbekistonning Birinchi Prezidentini OOKning yuksak mukofoti-Osiyo Olimpiya Kengashining Oltin ordeni bilan taqdirlandi.
Yoshlar sportni rivojlantirish va jahon sport anjumanalarida bizning sportchilarimiz yutuqlarini juda ko'p milliy Olimpiya assotsiyatsiya komitetlari tan olmoqda.
2001-yil 7-iyulda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga kelgan ma`lumotda ko'ra, O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident L.A. Karimov respublikada sportning rivojlanishiga va Olimpiya harakatini taraqqiyotiga qo'shgan katta hissasi uchun OXOKning yulsak mukofotiga sazovor bo'ldi.
Mukofot uzunligi 43 sm, eni 32 sm bo'lgan oltin va kumush plastinadan, shuningdek, 5 ta mintaqa ramzi tushirilgan MOQA sining bo'yinga osadigan belgisidan iborat.
1999-yildan boshlab aloqalar yanada kengayib, yangi foydali yo'nalish ochlib, O'zbekiston poytaxti xalqaro sport tashkilotlarining yig'inlari o'tkaziladigan markazga aylandi. OOJning taklifi kotibiyatlarining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bundan 42 mamlakatning vakillari ishtirok etib, ular ichida OOJning Bosh kotibi Radoxa Singx, Olimpiya harakatini quvvatlash direktori Pyer Miro, OOJning Bosh direktori Mutalib Ahmad qatnashdilar.
Shunday katta obro'ga ega bo'lgan tashkilot va arboblarning ishtiroki O'zbekistonning xalqaro sport hamkorligida obro'si va e'tiborini oshirib yubordi. Bu bir necha mamlakatlarni O'zbekiston MOQsi bilan hamkorlik qilish to'g'risidagi shartnomalarining omzolanishiga olib keldi. Jumladan, Rossiya, Qozog'iston, Uraina, Armaniston, Yaponiya, Koreya, Vyetnam, Tailand, Xitoy va Mo'g'uliston bilan bitimlar muddati uzaytirildi.
Yig'ilishda XOQsi Prezidenti markiz Xuan Antonio Samaranchning faoliyatini to'liq qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi "Toshkent deklaratsiya''si qabul qilinib, u mintaqadagi Olimpiya harakatida do'stlik va o'zaro ishonchni mustahkamlashning asosiy omili bo'ldi.
Sidneyda o'tkazilgan olimpiya o'yinlari oldidan Toshkentda OOJning majlis bo'lib o'tdi. Majlisda OOJning Prezident Axmad al Sabox O'zbekiston sport sohasida Osiyodagi kuchli mamlakatlardan biri ekanligini ta`kidladi. Ushbu majlisda OOJning Markaziy Osiyo hilqati tashkil etilib, uning shtab-kvartirasi Toshkentda joylashagadigan bo'ldi.
Shuning uchun ham Bosh assambleya ishtirokchilari Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirgan 5 Osiyo hilqatining tashkil etilishini qo'llab-quvvatladilar (bungacha Osiyo mintaqasining davlatlari 4 hilqatga bo'lingan edi).
Shunday qilib, qisqagina tarixiy davr ichida O'zbekiston Olimpiya harakati va o'zbek sporti oldida turgan eng asosiy vazifalarni hal qilishga erishib, jahon sporti bilan hamkorlik qilish, xalqaro sport uyushmalari bilan uzviy aloqa bog'lash, jahon miqyosida o'tkaziladgan yig'ilishlar va sport o'yinlarini tashkilotchisi darajasiga ko'tarildi.
Mustaqillik sharofati billan bizning sportchilarimiz, shu jumladan, qilichbozlik bo'yicha tarma jamoa oldida juda katta imkoniyatlar ochildi. Bizning qilichbozlarimiz xilma-xil xalqaro musobaqalarda O'zbekiston qilichbozlik xalqaro musobaqalarda O'zbekiston Respublikasi bayrog'i ostida alohida jamoa sifatida qatnasha boshladila.
1992-yili O'zbekiston qilichbozlar federatsiyasi tashkil etildi. Shu yilning o'zida O'zbekiston qilichbozlar federatsiyasi Osiyo qilichbozlar Assotsiatsiyasi va Xalqaro qilichbozlar federatsiyasiga a`zo bo'ldi.
1992-yili Valeriy Zaxarevich "Tallin shpagasi'' nomli xalqaro turnirda bronza medali sohibi bo'ldi, Do'stlik armiyasi klublarining xalqaro chempionatida g'alaba qozondi.
Shpagaustasi A.Kolotilin MDH davlatlari birinchiligida kumush medal olib, jahonbirinchiligida qatnashish huquqini oldi va 98 ta qatnashchi orasida 16-o'rniga ega bo'ldi.
1994-yili O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyaning Xirosima shahrida o'tkazilgan XII Osiyo o'yinlarida qatnashdi. Bu yerda V.Sosin to'rtinchi o'rnini egalladi.
1995-yil sentabr oyida Toshkentda I Markaziy Osiyo o'yinlari bo'lib o'tdi. Unsa bizning rapirachilarimiz munosib qatnashib: S.Filimonova shaxsiy musobaqada oltin medal, G.V.Zokirova kumush medal olib, jamoalar musobaqasida Qozog'iston terma jamoasini mag'lubiyatga uchratdilar. Erkak rapirachi va sabliyachilar 2-o'rnini, shpagachilar 3-o'rinni oldilar.
1997-yilgi II Markaziy Osiyo o'yinlari Olma-Ota shahrida o'tkazilib, shaxsiy musobaqada S.Filiminova kumush medal, qilichboz Yo.Yo'ldoshev va T.Alimov bronza medalini oldilar. Jamoa hisobidagi musobaqada qilichboz va rapirachilar 2-o'rinni, shpagachilar jamoasi 3-o'rinni egalladilar.
1998-yili Moskvada Xalqaro o'smirlar o'yinlari ochildi. 36 ta mamlakat ishida bizning jamoa 13-o'rinni oldi. Davlat sport komitetida qilichbozlarning chiqishlari ancha yuqoriligi ta`kidlandi.
Shu yili Bangkokda o'tkazilgan XIII Markaziy Osiyo o'yinlarida terma jamoamiz beshinchi o'ringa sazovor bo'ldi.
1999-yil Bishkekda o'tkazilgan III Markaziy Osiyo o'yinlarida rapirachilar jamoasi qatnashib, S.Mamedov shaxsiy musobaqada, bronza medalini qo'lga kiritdi, rapirachilar jamoasi Qozog'istondan keyin II o'ringa munosib deb topildi
2000-yili Okeaniyada o'tkazilgan tanlov turnirida shpagachi A.Petrova oltin medal sohibi bo'lib, Sidneyda bo'ladigan XXVII Olimpiyadada qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.
2002-yili Pusan (Janubiy Koreya) shahrida XIV O siyo o'yinlarida terma jamoamiz ishtirok etdi. Shpagachi R.Kudayev shaxsiy musobaqada finalga chiqdi, jamoalar musobaqasida shpagachilar beshinchi o'rinni egalladilar.
2003-2004-yillarda izning qilichbozlar xalqaro arenada yaxshi qatnashmadilar. Lekin 2005-yilda katta yutuqlarga ega bo'ldilar. Iyul oyida Malayziyada o'tgan Osiyo chempionatida rapirachilar terma jamoasi bronza medaliga sazovor bo'ldi. Jamoa tarkibida R.Kudayev, R.Do'stmuhammedov, I.Bashirov, R.Ibragimov ishtirok etdilar.
Davomi bor.
M.Yakubova (manba: "Qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati" o'quv qo'llanmasi)