OʻzDJTSUda “Bitruvchi-2020” onlayn tadbir boʻlib oʻtdi

Hozirgi kundagi pandemiya sababli barcha ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari va boshqa marosimlar vaqtincha bekor qilingan.
Shunday boʻlsada, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlayotgan talabalar bitiruv oqshomini oʻtkazishlariga pandemiya toʻsqinlik qilolmadi.
Bu yil universitetni tamomlab katta hayotga qadam qoʻyayotgan yoshlar 1087 nafarni tashkil qiladi (44 nafari magistrlar). Ushbu talabalar oliygohdagi soʻngi tadbirlari yaʼni onlayn bitiruv oqshomini 14-20-iyul kunlari oʻtkazishdi.
Mazkur onlayn tadbirlarga rektor boshchiligidagi universitetning fidoiy ustozlari ham qoʻshilishdi. Bitiruvchilarni tabriklab, ularga oq yoʻl tilashdi.
Shuningdek, oqshomda talabalarning yaqinlari va ota-onalari ham ishtirok etishda hamda farzandlariga taʼlim-tarbiya bergan murabbiylarga oʻz minnadorchiliglarini bildirishdi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, bu yil universitetni tamomlayotgan talabalar orasida koʻplab xalqaro musobaqalar gʻolib va sovrindorlari mavjud. Yana shuni qoʻshimcha qilish lozim, 7 nafar Tokio-2020 Olimpiadasiga yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan sportchilar va 10 nafar davlat mukofoti hamda stipendiantlarining borligi ham bu yil bitirayotgan talabalar salohiyati qay darajada ekanligini anglatadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati