Navbat yigitlarga: Аdhamjon Ergashev ikkinchi oʼrinni qoʼlga kiritdi

Xabaringiz bor ogʼir atletika boʼyicha ilk onlayn Xalqaro musobaqaga 18 iyul kuni start berilgan edi. Mazkur onlayn turnirda mamlakatimiz ogʼir atletikachilari ham ishtirok etishmoqda. Qizlardan Kumushxon Fayzullaeva, Tursunoy Jabborova hamda Nigora Аbdullaevalar munosib oʼrinlarni egallashdi.
Yigitlar oʼrtasidagi bahslarga ham start berildi. Dastlab polvonimiz Аdhamjon Ergashev -73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qildi.
Аdhamjon Ergashev dast koʼtarishda 146 kg boʼysindirgan boʼlsa, siltab koʼtarishda 180 kg natijani qayd etdi va ikki kurash natijasiga koʼra 326 kg bilan venesuelalik Xulio Mayordan kein (352 kg) ikkinchi oʼrinni egalladi.
Shuningdek, bugun tunda yana 3 nafar sportchimiz supachaga koʼtariladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati