Keyingi ikki oyda bizni oʼta muhim janglar kutmoqda

Yaqinlashayotgan ikki oyda – avgust va sentyabrь oylarida bir qator oʼzbekistonlik professional bokschilar oʼzlarining navbatdagi janglarini oʼtkazishadi.
Dastlab, 15 avgust kuni Rio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Rustam Toʼlaganov WBC International kamari uchun Sergey Yekimovga qarshi ringga koʼtariladi.
Shu sanada yana bir hamyurtimizning jangga chiqishi kutilmoqda. Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi, jahon chempioni – Shahram Gʼiyosov oʼziga tegishli boʼlgan WBA International kamarining himoya jangini oʼtkazishi kerak. Bu jangda bokschimizga Fransisko Roxa raqiblik qilishi kerak.
28 avgust kuni esa, Olimpiya oʼyinlarining kumush medali sovrindori Bektemir Meliqoʼziyev ham WBA Continental Americas kamarini himoya qilish uchun ringga chiqishi kerak. Hozirda jang uchun raqib izlanayapti.
26 sentabrь kuni bizni oʼta muhim jang kutib turibdi. Shu kuni IBF yoʼnalishida reytingning birinchi pogʼonasida borayotgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov IBFning vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun Sergey Lipinetsga qarshi jang oʼtkazadi.
Ushbu janglarda hamyurtlarimizning har biriga omad tilab, navbatdagi gʼalabalarini qoʼlga kiritishini kutib qolamiz.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati