Tarixda ilk bor og‘ir atletika bo‘yicha xalqaro onlayn musobaqa o‘tkaziladi

Og‘ir atletika tarixida ilk bor, onlayn tarzda Xalqaro birinchi Kubok musobaqasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi xabar tarqatdi.
Ma'lum qilinishicha, xalqaro musobaqa joriy yilning 18-19 iyul (O‘zbekiston vaqti bilan 18-19-20 iyul) kunlari butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladi. Musobaqa Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining olimpiya standartida og‘ir atletika sport jihozlarini ishlab chiqaruvchi ZKC tashkiloti hamda Amerika qit'asi og‘ir atletika federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Ilk marta tashkil etilayotgan ushbu onlayn xalqaro musobaqada, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari ham ishtirok etadilar.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati