Jasur Yaxshiboyevning ortidan yana bir oʻzbek futbolchisi Belarusning nomdor klubiga oʻtishi mumkin

“Energetik-BGU” tarkibidagi faol oʻyinlari bilan mutaxassislarning eʼtiborini tortgan Jasur Yaxshiboyev mavsum oʻrtasida Belorusning boshqa bir klubi "Shaxtyor"ga yoʻl olgan edi.

Xabaringiz bor, ayni paytda “Energetik-BGU” safida yana bir oʻzbek futbolchisi – Shahboz Umarov ham toʻp surmoqda. Ammo, bu hamyurtimiz ham tez orada boshqa bir klub safiga oʻtishi mumkin.

Belorus OAVlarida tarqalgan xabarlarga koʻra, mamlakatning nomdor jamoasi BATE Shahboz Umarovni oʻz safiga qoʻshib olishni oʻylamoqda. Shuningdek, ushbu klubga Umarovning jamoadoshi Aleksey Nosko ham oʻtishi mumkin.

Shahboz Umarov Belorus chempionatida 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Gollarning birini chamasi 35 metrlar masofadan jarima toʻpidan aynan BATE darvozasiga yoʻllagan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati