Qatarda boʼlib oʼtadigan jahon chempionati taqvimi eʼlon qilindi

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi – FIFА 2022 yil Qatarda boʼlib oʼtadigan jahon chempionatining final bosqichi taqvimini eʼlon qildi.
Futbol boʼyicha toʼrt yillikning eng nufuzli musobaqasi JCh-2022 oʼyinlari 21 noyabrь kuni Doha shahridagi “Аl-Bayt” stadionida boʼlib oʼtadigan oʼyin bilan ochilib, 18 dekabrь kuni shu shahardagi “Lusail” stadionida oʼtkaziladigan final bahsi bilan yakunlanadi. Musobaqa uchun arablar 8 ta stadionni hozirlashmoqda.
Maʼlumot uchun, jahon chempionatining guruh bosqichidan oʼrin olgan bahslar 2022 yilning 21 noyabrdan 2 dekabrga qadar oʼtkaziladi. Guruh bosqichida har bir kunda toʼrttadan oʼyin boʼlib oʼtishi belgilangan.
3 dekabrdan boshlab, guruhdan chiqqan 16 terma jamoa ishtirokidagi nimchorak final oʼyinlariga start beriladi va bu bosqichning soʼnggi bahslariga 6 dekabrь kuni yakun yasaladi.
Chorak final oʼyinlari ikki kunlik tanaffusdan soʼng, 9 dekabr kuni boshlanadi va 10 dekabr kuni yakunlanadi. Yarim final bahslari 13-14 dekabrь kunlariga belgilangan.
Yarim finalda magʼlub boʼlganlar 17 dekabr kuni 3-oʼringa kim munosib ekanligiga oydinlik kiritishsa, navbatdagi jahon chempionlarining kim boʼlishini 18 dekabrь kuni bilib olamiz.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati