Ogʻir atletikachilarimiz xalqaro onlayn musobaqada ishtirok etadi

Hozirgi pandemiya davrida barcha soha vakillari ish faoliyati masofaviy ishlash tizimiga oʻtkazilgan. Shular qatori sport sohasida ham mashgʻulotlar onlayn olib borilmoqda. Baʼzi sport turlari boʻyicha federatsiyalar esa tabiat qoʻynida mashgʻulotlarni davom ettirish uchun yoʻl olishgan.
Jumladan, oʻzbekistonlik ogʻir atletikachilar “Karantin bu dam olish kerak degani emas” shiori ostida uy sharoitida mehnatdan toʻxtamagan atletlarimiz bugungi kunda Toshkent viloyati hududida mashgʻulotlarni davom ettirishmoqda. Mashgʻulot-yotoqxona-mashgʻulot rejimida shugʻullanayotgan sportchilar mashgʻulotdan boʻsh vaqtlarini ham unumli oʻtkazishga harakat qilishmoqda.
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi mutasaddilari hamda terma jamoa murabbiylari tashabbusi bilan dam olish kunlarida stol tennisi, voleybol, shashka va shaxmat turlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashmoqda.
Eslatib oʻtamiz, shu hafta oxirida, yaʼni shanba va yakshanba kunlari hamyurtlarimiz xalqaro onlayn musobaqada ishtirok etishadi. Ushbu turnirda sportchilarimizga omad yor boʻlishini tilab qolamiz!
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati