Sportchilarning mashgʻulotlar jarayoni onlayn tarzda davom ettirilmoqda

Xabaringiz bor, 2020-yil 10-iyuldan boshlab 1-avgustga qadar respublika miqyosida sport zallari, fitnes klub, trenajyor va basseynlar faoliyati toʻxtatildi. Shu munosabat bilan, sportchilar tomonidan olib borilayotgan mashgʻulotlar jarayoni onlayn tarzda davom ettirilmoqda.

Sportchilar uchun tashkil etiladigan barcha oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari rasman 10-iyuldan vaqtincha toʻxtatildi. Ammo, sportchilarimiz uy sharoitida mashgʻulotlarini davom ettirmoqda. Ularning mashgʻulotlarni olib borish jarayoni muntazam monitoring qilinmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan mashgʻulotlarga toʻla qaytish boʻyicha qaror eʼlon qilingunga qadar sportchilarimiz uylarida individual reja asosida mashgʻulotlarni murabbiylar tomonidan ishlab chiqilgan kunlik tayyorgarlik rejalari asosida olib boradilar.

Bundan tashqari murabbiylar tomonidan masofali mashgʻulotlar jarayonida vaziyatdan kelib chiqqan holda sportchilarning individual holatiga qarab kerakli maslahatlar berib borilishi taʼminlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati