Bogʻot tumanida mahalliy yoshlar uchun yangi sport maydonchalari foydalanishga topshirildi

Bugungi kunda mamlakatimiz boʻylab jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk va mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni tarbiyalash borasida koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, hududlarda yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Kecha, Xorazm viloyati, Bogʻot tumanidagi “Namuna” va “Oq oltin” mahallalarida zamonaviy koʻrinishdagi sunʼiy qoplamali sport maydonchalari foydalanishga topshirildi.
Ushbu sunʼiy qoplamali sport maydonchasi Mustaqilligimizning 29 yilligi bayrami oldidan mahalliy yoshlar uchun ajoyib bayram sovgʻasi boʻldi. Ushbu futbol maydonchalarida tumandagi maktablar va mahallalar oʻrtasida turli musobaqalar tashkillashtirish imkonini beradi.
Umid qilamizki, yaqin kelajakda Bogʻot tumani chekka hududlardan ham yurtimiz va Xorazm futbolini tanitadigan charm toʻp ustalari yetishib chiqadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati