Fargʻona viloyati boʻylab “yashil” hududlarda sport faoliyati qanday yoʻlga qoʻyilgan?

Mamlakatimizning “yashil” toifadagi hududlarda aholi va yoshlarni sportga jalb qilish, sport seksiyalari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Fargʻona viloyati boʻylab badantarbiya mashgʻulotlari, sport musobaqalari va yosh sportchilarning sport toʻgaraklardagi ishtiroki faollik bilan yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbekiston, Buvayda, Dangʻara, Uchkoʻprik, Quva, Bogʻdod tumanlarida va Margʻilon shahridagi sport inshootlarida yengil atletika, badminton sport turlari boʻyicha yosh sportchilar va mahalliy yoshlar oʻrtasida turli koʻngil ochar sport tadbirlari va musobaqalar tashkil etilmoqda.

“Yashil” toifaga kiruvchi hududlardagi barcha sport taʼlim muassasalarida yosh sportchilarning mashgʻulotlar oʻtkazishiga ruxsat berilgan. Bunda karantin talablariga toʻliq rioya etilayapti.

Shuningdek, hududlarda mahalliy aholini sportga jalb etish borasida masofani saqlagan holda badantarbiya mashgʻulotlari ham tashkil etilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati