IBF'ning yangilangan reytingi – oʻzbekistonliklar nechanchi oʻrinda?

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional boksda faoliyatini olib borayotgan charm qoʻlqop ustalarining yangilangan reytingini eʼlon qildi. Olamsport.com'ning maʼlum qilishicha, ushbu reytingdan oʻzbekistonlik uch nafar bokschi oʻrin olgan.

Yangilangan reytingda ikkinchi yengil vazn toifasida (-55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliyev shuningdek, WBA yoʻnalishi chempioni ham hisoblanadi.

Birinchi yarim oʻrta vazn toifasida (-63,5 kg) Shohjahon Ergashev oltinchi oʻrinda qolgan. Ushbu vaznda chempionlik kamari Josh Teylorga tegishli.

Yarimoʻrta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov esa avvalgidek 1-pogʻonadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun asosiy daʼvogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati