Yoshlar kuni munosabati bilan bir qator sportchilarimizga “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni topshirildi

Avval xabar berganimizdek, Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh yoshlar “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishdi.

Poytaxtimizda joylashgan Yoshlar press klubida oʻtkazilgan ushbu marosimda taqdirlanganlar orasida sport sohasida katta yutuqlarga erishib kelayotgan 4 nafar iqtidorli sportchilarimiz ham bor.

Avvalroq, Paralimpiya boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Asila Mirzayorova “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlanganini maʼlum qilgan edik. Shuningdek, ushbu kechada boks boʻyicha Olimpiya oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov, Javohir Sindarov (shaxmat), Klara Darmenbayeva (gimnastika) ham ushbu koʻkrak nishoniga loyiq koʻrildi.

Yurtimiz ravnaqi yoʻlida munosib xizmat koʻrsatayotgan yoshlarimizning taqdirlanishi, ularning bu yoʻlda yana-da kattaroq natijalar koʻrsatishi uchun tayanch boʻlib xizmat qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati