Mashgʻulotlarda yuklamalar qanday taqsimlanishi kerak yoxud yosh trenerlarga tavsiyalar

Trenerlik kasbi kishidan juda katta masʼuliyat va yuksak mahoratni talab qiladi. Negaki mashgʻulotlar vaqtida yuklamalarni toʻgʻri taqsimlash, yuklamalarni sportchilarning jismoniy rivojlanishiga xizmat qilishini taʼminlay olish juda muhim.
Yuklamalarni toʻgʻri taqsimlamaslik va yuklamalar yosh sportchi organizmiga taʼsirini toʻgʻri nazorat qilmaslik oqibatida oʻsha sportchining sogʻligiga putur yetadi.Bundan tashqari biz kelgusida jahon yoki Olimpiya chempioni boʻlib yetishishi mumkin boʻlgan sportchini yoʻqotamiz.
Quyida yuklamalarni nazorat qilish va yuklamarni sportchilarda aynan sizga kerakli sifatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirish boʻyicha maslahatlar bilan tanishing.
Jismoniy mashgʻulotlar vaqtida yurak urishi qanday boʻlishi kerak: normal va maksimal holatlar
Sport mashgʻulotlarining yurak-qon tomir tizimi uchun foydali ekanligi barchaga ayon. Biroq, baʼzan yuklamalarning keragidan ortiq berilishi natijasida inson salomatligi xavf ostida qolishi ham muqarrar. Jismoniy yuklamar yurak-qon tomir tizimi hamda organizmga zarar yetkazmasligi uchun mashqlar intensivligini qanday aniqlash mumkin?
Kardiologlar va sport tibbiyoti mutaxassislari jismoniy mashqlar paytida yurak urishini oʻlchash va uning tezligiga alohida eʼtibor qaratishni tavsiya etishadi. Odatda, jismoniy mashqlar paytida yurak urishi normadan oshsa, yuklama haddan tashqari koʻp deb hisoblanadi, agar u normaga yetib bormasa – yetarliemas. Ammo, yurak urish tezligiga taʼsir qiluvchi tananing fiziologik xususiyatlari mavjud.
Nega yurak urishi tezlashadi?
Tirik organizmning barcha aʼzolari va toʻqimalari ozuqa moddalari va kislorod bilan toʻyingan boʻlishi kerak. Aynan shu ehtiyoj tufayli yurak-qon tomir tizimi ishlaydi – yuraktomonidan qon yuborilgach, organlar kislorod bilan toʻyinadi va oʻpkaga qaytib, gaz almashinuvi sodir boʻladi. Dam olayotgan paytda yurak urishi bir daqiqada oʻrtacha 50 dan 80-90-martagacha (sport bilan shugʻullangan odamlarda) yetadi.
Jismoniy harakat natijasida barcha organlarning kislorodga boʻlgan talabi keskin oshadi. Shu sababli jismoniy mashqlardan keyin yurak urishi tezlashadi.
Yurak tanaga kislorodni katta miqdorda yetkazib berishi zarurligi toʻgʻrisida signal oladi va kerakli miqdordagi kislorodni taʼminlash uchun tezlashtirilgan surʼatda ishlay boshlaydi.
Yurak urishining normal holati
Yurakning toʻgʻri ishlashi va u yetarli yuklamalarni koʻtara oladimi yoki yoʻqligini bilish uchun jismoniy mashgʻulotlardan keyin yurak urish tezligini hisobga olish juda muxim. Buni eʼtiborga olmaslik – kelajakdaOlimpiya va jahon chempioni boʻlishi mumkin boʻlgan sportchilarni ushbu imkoniyatdan mahrum qilinishiga olib keladi.
Normaning qiymatlari insonning jismoniy holatiga va yoshiga qarab oʻzgarishi mumkin, shuning uchun uni aniqlash uchun “Haskell Fox” pulsatsiya formulasi qoʻllaniladi:
Bunda odamning yoshi maksimal yurak urishi soni (220)dan ayriladi. Hosil boʻlgan natijaga qarab har xil turdagi yuklamalar yoki mashq zonalari uchun yurak urish tezligi normasi hisoblanadi.
Piyoda yurish
Piyoda yurish – bu inson uchun eng muhim fiziologik shartlardan biri. Yurganda yurak urishi maksimal qiymatning 50-60%ga teng boʻladi. Masalan, 30 yoshli odam uchun yurak urish tezligini hisoblaymiz: biz yurak urishining maksimal qiymatini quyidagi formula boʻyicha aniqlaymiz: 220–30=190. Endi maksimalning 50% ni aniqlaymiz: 190x0,5=95. Xuddi shu tarzda, maksimalning 60%: 190 x 0.6 = 114. Demak 30 yoshli odam yurganda normal yurak urish tezligi daqiqasiga 95 dan 114 gacha boʻladi.
Yugurish
Yengil yugurish yurak mushaklarini mukammal darajada kuchaytiradi. Yengil yugurish uchun normal yurak urish tezligi maksimal yurak urish tezligining 70-80% deb hisoblanadi: masalan 20 yoshli odam yurak urishini hisoblasak maksimal yurak urishi: 220–20=200 (20 yoshli yigitlar uchun). Yugurish paytida maqbul koʻrsatkich: 200x0.7=140. Yugurishda maksimal ruxsat: 200x0.8=160. Demak, 20 yoshli yigitda yengil yugurish vaqtida yurak urishi daqiqasiga 140dan 160-martagacha boʻladi.
Sportchilarda. Sport bilan professional ravishda shugʻullanadigan odamlar uchun ideal yurak urishi mavjud emas. Ammo jismoniy mashqlar paytida sportchilarda yurak urish darajasi eng yuqori. Ular intensiv mashgʻulotlar paytida normal yurak urish tezligiga ega, bu maksimal qiymatning 80-90% deb hisoblanadi. Va haddan tashqari katta yuklama paytida, sportchining pulsi maksimal darajaning 90-100% ni tashkil qilishi mumkin.
Jismoniy faoliyatning turi va intensivligi katta ahamiyatga ega. Masalan, uzoq masofaga yuguruvchilar jismoniy mashqlar paytida katta kuch sarflaydigan sportchilarga qaraganda kamroq yurak urishlariga ega boʻladi.
Shuningdek, sport bilan shugʻullanadiganlarning fiziologik holatini (miokarddagi morfologik oʻzgarishlar darajasi, tana ogʻirligi) va dam olishda sportchilarning yurak urishi shugʻullanmagan odamlarga qaraganda ancha past ekanligini hisobga olish kerak. Shuning uchun hisoblangan qiymatlar haqiqiy qiymatdan 5-10%ga farq qilishi mumkin.
Sport shifokorlari keyingi mashgʻulot boshlanishidan oldin yurak urishini koʻproq aniqroq deb bilishadi. Aniq hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun murakkab hisoblash formulalari mavjud. Ular nafaqat yoshiga qarab, balki dam olish paytida individual yurak urish tezligi va mashgʻulot intensivligining foizlarini ham eʼtiborga olishadi (bu holda 80-90%). Ammo bu hisob-kitoblar yana-da murakkab tizim boʻlib, natijalari yuqorida aytib oʻtilganlardan katta farq qilmaydi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati