Shovot tumanidagi sport maktablarining holati oʻrganildi
Kuni kecha Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi v.v.b. A.Polvonov vohaning yashil hududidagi tumanlarida boʻlib, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni, bolalar va oʻsmirlar sport maktablarining moddiy-texnik bazasi hamda sport seksiyalari faoliyatini yaqindan oʻrgandi.
Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddilari Shovot tumaniga tashrif buyurib bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining holati bilan tanishib, karantin talablari asosida olib borilayotgan mashgʻulotlar jarayonini kuzatdi. Shuningdek, «Shohobod» stadioni va bolalar suv sporti saroyining ahvolini ham koʻzdan kechirdi.
Oʻrganishlar chogʻida duch kelingan ayrim kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish, yosh sportchilar mashgʻulotlar olib borishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berish hamda ularning oʻquv-mashq jarayonlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish boʻyicha tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamda BOʻSMlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati