Qabul-2020: Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida konsultatsiya xonasi hamda Sall center xizmati faoliyati tashkil etildi
2020/2021 oʻquv yili qabul jarayonlari boʻyicha abituriyentlar, ularning ota-onalari va fuqarolarni qiziqtirgan savollarga hamda murojaatlarga tez va aniq javob berib borish maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida konsultatsiya xonasi faoliyati hamda Sall center xizmati yoʻlga qoʻyildi.
☎️ Telefon raqamlari:
(99) 699-92-18
(99) 699-92-48
(99) 699-92-58
(99) 699-92-68
(99) 699-92-78
(93) 532-48-10
Yurtdoshlarimizning qabul jarayonlari bilan bogʻliq barcha murojaatlariga universitetning malakali oʻqituvchi-xodimlari amaldagi huquqiy-meʼyoriy hujjatlar asosida javob beradi.
Shuningdek, qabul jarayoniga oid maʼlumotlar va natijalar Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining www.uzdjtsu.uz rasmiy veb-sayti, telegram messenjeridagi https://t.me/uzdjtsu_official kanali hamda feysbukdagi (www.facebook.com/uzdjtsu.uzdjtsu) sahifalari orqali eʼlonlar berib boriladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati