Ertaga “Olimpiya kuni” tadbirlari doirasida virtual yugurish musobaqasi oʻtkaziladi

23-iyun butun dunyoda “Olimpiya kuni” sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan mamlakatimizda ham bir qator tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Jumladan, 18-iyun kuni barcha xohlovchilar uchun “Olympic Day” virtual yugurish musobaqasi oʻtkaziladi. Unda atigi 1 (bir) kilometr masofani yugurib oʻting hamda 1 000 000 soʻm mukofotni yutib olish imkoniga ega boʻling. Virtual yugurish musobaqasida qatnashish vaqtini oʻzingiz tanlaysiz. Bunda, albatta, karantin choralariga rioya qilgan holda yugurish talab etiladi.

Musobaqada 8 yoshdan katta boʻlgan istalgan qatnashchi ishtirok etishi mumkin. Buning uchun www.olympicday.uz saytida roʻyxatdan oʻtishingiz talab etiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati