Sirdaryoda oʻndan ortiq sport turlari boʻyicha sport seksiyalari faoliyatini davom ettirmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri rahbarligida 2020-yilning 8-iyun kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan topshiriqlar va Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 9-iyundagi “COVID-19 pandemiyasi davrida hududlarda sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar hamda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 681-sonli buyrugʻining ijrosi Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlarida hayotga tatbiq qilinmoqda.
Jumladan, ishlab chiqarish hududlaridan biri boʻlmish Shirin shahar bolalar-oʻsmirlar sport maktabi hamda viloyat sportning suv turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi shugʻullanuvchilari mashgʻulotlarni sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda tashkil etilmoqda.
Shugʻullanuvchilar har kuni 07:30 dan 18:30 ga qadar sportning futbol, boks, badiiy gimnastika, stol tennisi, yengil atletika, suzish, suv polosi, baydarka va kanoe kabi turlari bilan shugʻullanishmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati