Andijondagi barcha sport seksiyalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 1-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra hududlarda sport mashgʻulotlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 645-sonli buyrugʻiga asosan viloyatlardagi “yashil” hududlarda sport seksiyalari, toʻgaraklari, sport zallari va fitnes-klublar faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev rahbarligida 2020-yil 8-iyun kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida “yashil” hududlarda sport mashgʻulotlari karantin qoidalari asosida davom ettirilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyatidagi barcha tuman va shaharlardagi sport maktablarida sport seksiyalari, toʻgaraklari, sport zallari va fitnes-klublar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati