Buxoro IOZMI faoliyati oʻrganildi

Avval xabar berganimizdek Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhi Buxoro viloyatida jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sogʻligʻini mustahkamlashga koʻmaklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari boʻyicha yuqori natijalarni taʼminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Jumladan, bugun dastlab ishchi guruh aʼzolari Buxoro Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatini koʻzdan kechirishdi. IOZMI Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi “Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 660-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Maktab-internatida jami 62 nafar trener 20 ta sport turlari boʻyicha tahsil berib kelmoqda. Taʼkidlash joiz, 62 nafar murabbiydan 61 nafari oliy maʼlumotli ekanligidan ham anglash mumkinki sport maktabida iqtidorli sportchilar yetishib chiqishining asosiy sabablaridan biri deb keltirish mumkin.
IOZMIni oʻrganish davomida sport maktabining moddiy-texnik bazasi holati, internet bilan jihozlanganligi va tezkor axborot almashuv tizimining faoliyati oʻrganildi va bu borada ayni damdagi holatni yana-da yaxshilash borasida mutasaddilarga koʻrsatmalar berildi.
Maxsus ishchi guruhning Buxorodagi oʻrganishlari davom etadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati