Peshku, Romitan hamda Buxoro tumanlarida sportga berilayotgan eʼtibor qanday?

Buxoro viloyatida jismoniy tarbiya va sportni yana-da ommalashtirish, bu borada hududlardagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish va karantin munosabati bilan ish jarayonlarini tashkil etishda uslubiy yordam koʻrsatish hamda sport maktablaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh viloyatda oʻz ish faoliyatini davom ettirmoqda.
Ishchi guruh aʼzolari viloyatning Peshku, Romitan hamda Buxoro tumanlari bilan yaqindan tanishdi va oʻrganishlar chogʻida qayd etilgan kamchiliklar yuzasidan tuman sport boʻlimi mutasaddilarga kerakli koʻrsatmalar berishdi.
Shuningdek, maxsus ishchi guruh aʼzolari tomonidan tumandagi sport inshootlarining infrastrukturasining bugungi kundagi holati va undan samarali foydalanish maqsadida u yerga aholining barcha qatlamlarini qamrab olish, sport inshootlarining kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasi, sport inshootlarining belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda, zamonaviy sport inventarlari bilan jihozlanganlik darajasi oʻrganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amaliy koʻmak koʻrsatilmoqda.
Viloyatda sport qaratilayotgan eʼtibor yuqori darajada desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bunga misol qilib, birgina Peshku tumanini keltirish mumkin. Tumandagi Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 86 nafar trener (44 nafari xotin-qizlar) faoliyat olib borayotgan boʻlib, 16 ta sport turi boʻyicha 3488 nafar (857 nafarini qiz bolalar tashkil etadi) sportchilarga tarbiya berib kelishmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi maxsus ishchi guruhining Buxorodagi faoliyati davom etadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati