Dressaj qoʻmitasiga yangi rahbar saylandi

Bugun, 11-iyun kuni Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasida navbatdan tashqari yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda ot sportining mamlakatimizdagi rivoji yoʻlida federatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi rejalar, ushbu sport turini aholi oʻrtasida keng ommalashtirish masalalari mutasaddilar tomonidan muhokama etildi.
Shuningdek, Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi qoshidagi Dressaj (ot yoʻrttirish) qoʻmitasi faoliyati ham tahlil etilib, qoʻmitaga sinov muddati asosida Ibrohim Vohidovich Yuldashev rais etib tasdiqlandi.
Yigʻilish davomida ot sporti yoʻnalishlarini rivojlantirish va oʻquv mashgʻulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Xalqaro ot sporti federatsiyasi Kengashining qoidalari va tavsiyalariga rioya qilgan holda oʻtkazish borasidagi rejalar ham muhokama qilindi.
Yakunda Dressaj qoʻmitasi kun tartibida boʻlgan masalalar oʻrganilib, mutasaddilar tomonidan mamlakatimizda ushbu yoʻnalishni rivojlantirish boʻyicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishib olindi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati