Qarshi tumani qaysi sport turlariga ixtisoslashgan?
Mazkur bolalar-oʻsmirlar sport maktabida hozirga vaqtda voleybol, taekvondo WTF, taekvondo ITF, dzyudo, boks, futbol, yengil atletika, qoʻl toʻpi (gandbol), shaxmat, “Turon” yakka kurashi va oʻzbek jang sanʼati singari sportning 11 ta turidan jami 19 nafar malakali trener faoliyat olib bormoqda. Ularning ikki nafarini ayol trenerlar tashkil qiladi. Pandemiya sharoitida trenerlar sportchilar bilan onlayn tarzda mashgʻulotlar olib bormoqda.
Sport maktabida 60 ta guruh faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, ularda jami 917 nafar yoshlar muntazam ravishda sport bilan shugʻullanib kelishmoqda. Shundan 132 nafarini qizlar tashkil qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF–5924-sonli Farmoni bilan Qarshi tumani sportning kurash, taekvondo WTF, voleybol, badminton turlariga ixtisoslashtirilgan. Buning uchun esa hududda yetarlicha infratuzilma va trenerlar mavjud. Shuningdek, tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi bolalar-oʻsmirlar sport maktabi binosida joylashganligi bois ular oʻrtasida hujjatlar almashinuvi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa ish samaradorligining ortishiga xizmat qiladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati