“YILNING ENG FAOL SPORT TARGʻIBOTCHISI” Respublika ijodiy tanloviga marhamat!
Tanlovga ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda 2019-yil 1-iyundan 2020-yil 31-mayga qadar eʼlon qilingan ijodiy ishlar qabul qilinadi.
Tanlov yakunida 1, 2, 3-oʻrinni egallagan gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi hamda ular diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
1-oʻrin sohibiga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida.
2-oʻrin sohibiga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida.
3-oʻrin sohibiga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy materiallar 2020-yil 20-iyunga qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 2-uy. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.
Murojaat uchun telefon: (71) 239-24-37, (99) 482-52-12
Elektron manzil: info@minsport.uz
Tanlov gʻolib va sovrindorlari 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot xodimlari kuni arafasida taqdirlanadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati