Pro-liga bahslariga 3-iyuldan start beriladi
Ikkinchi bosqichda esa dastlabki toʻrt oʻrin egalari alohida va quyi toʻrt oʻrin egalari alohida jami 6 ta oʻyindan iborat yana ikki davra bahslarida ishtirok etadi. Shu tariqa Pro-liga klublari mavsum yakuniga qadar umumiy 20 ta tur uchrashuvlarida maydonga tushishadi. Pro-liga gʻolibi esa superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Ligada 2-oʻrinni egallagan jamoa oʻtish oʻyinida superligada 13-pogʻonani band etgan klubni oʻz uyida qabul qiladi.
Darvoqe, Pro-liganing ikki vakili Oʻzbekiston kubogining guruh bosqichida ishtirok etadi. Shu munosabati bilan 15 va 30-avgust kunlari zaxira kunlari sifatida qayd etilgan. Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan eng kuchli ikki klub esa mamlakat kubogining guruh bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritadi.
Quyida Pro-liganing dastlabki ikki turidagi juftliklar bilan tanishing:
1-tur
3-iyul, juma
“Neftchi” – “Dinamo”
“Xorazm” – “Turon”
“Oqtepa” – “Zomin”
“Shoʻrtan” – “Istiqlol”
2-tur
8-iyul, chorshanba
“Dinamo” – “Istiqlol”
“Zomin” – “Shoʻrtan”
“Turon” – “Oqtepa”
“Neftchi” – “Xorazm”
Joriy yilgi Pro-liga bahslari 15-noyabr kuni yakunlanadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati