Biryoʻla ikkita Respublika oliy sport mahorati maktabiga yangi rahbarlar tayinlandi
Komil Xolmatov 1966-yilning 7-may sanasida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida hamda Respublika pedagogika ilmiy tekshirish instituti (aspirantura)da tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini esa Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasida boshlagan. Soʻngra Respublika Baynalminal madaniyat markazi ish boshqaruvchisi, Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tashkiliy va kadrlar boʻlimi boshligʻi, Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Qashqadaryo viloyati filiali direktori, Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti Milliy va Xalqaro kurash turlari kafedrasi oʻqituvchisi, Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati mintaqaviy kengashi xodimi, sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi yoʻriqchi-uslubchisi, suv sporti turlari boʻyicha Respublika oliy sporti mahorati maktabi direktori, 2018-yildan hozirgi vaqtga qadar sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrugʻi bilan Yusupov Azimjon Radjapovich sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga direktor etib tayinlandi.
Azimjon Yusupov 1976-yilning 13-aprelida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanida tugʻilgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutida tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini shu ilm dargohida talabalar kasaba uyushmasining qoʻmita raisi sifatida boshlagan. 2004-yildan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti kasaba uyushmasi qoʻmita raisi, soʻngra Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektori, 2010-2014-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litsey direktori, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi “Maʼnaviyat targʻibotchisi” nodavlat taʼlim muassasasi ijrochi direktori lavozimlarida ishlagan.
2019-yil 11-yanvardan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Komil Xolmatov hamda Azimjon Yusupovlarga masʼuliyatli lavozimlarda omad tilab qoladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati