Sovrin jamgʻarmasi $5 000 AQSH dollariga teng boʻlgan musobaqaning hal qiluvchi pallalari yaqinlashmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Esports Uzbekistan federatsiyasi hamkorlikda kibersport musobaqalarini tashkil etib kelmoqda. Hozirgi karantin vaqtida ham vazirlik va federatsiya oʻzaro hamkorlikda koʻplab turnirlarni oʻtkazmoqda. Jumladan, MDH davlatlari oʻrtasida har yili anʼanaviy oʻtkazilib kelinayotgan “KLB Kubogi”ning hal qiluvchi pallalari yaqinlashmoqda.

Sovrin jamgʻarmasi $5 000 AQSH dollariga teng boʻlgan musobaqada kiber futbolchilar hozirda milliy saralashning grand final bosqichiga yetib kelishgan. Bugun ushbu bellashuvlar Esports Uzbekistan YouTube kanalida namoyish etiladi. 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 

Matbuot xizmati