Fargʻona viloyatida ijro intizomi oʻrganilmoqda

Soʻngi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sportchilar mashgʻulotlarni olib borishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taʼminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, xabaringiz bor ayni kunlarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhi Fargʻona viloyatida boʻlib turibdi. Ishchi guruh vakillari Quva tumani va Quvasoy shaharlarida joylashgan Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining moddiy-texnik bazasi holati, sportchilarga yaratib berilgan sharoitlar shuningdek, ijro intizomi qay tarzda olib borilayotganligini oʻrgandi.
Oʻrganishlar davomida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhining Fargʻonadagi faoliyati davom etadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati